Tramp Turkiyaga tualeti bilan keldi
Olam
−
08 iyul 8490 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Anqaradagi NATO sammitiga mingga yaqin kishidan iborat xavfsizlik va xizmat guruhi, taxminan 9-10 tonna og‘irlikdagi “The Beast” zirhli avtomobili hamda o‘zining shaxsiy tualeti bilan keldi.
Trampning xavfsizlik guruhi tarkibida AQSH Maxfiy xizmati, diplomatik xavfsizlik xodimlari, Oq uy vakillari, harbiylar, razvedka va texnik mutaxassislar bor. Prezidentning shaxsiy xizmat avtomobillari orasida dunyodagi eng himoyalangan limuzinlardan biri sifatida tanilgan “The Beast” ham Anqaraga yetkazilgan.
Taxminan 9–10 tonna og‘irlikdagi ushbu zirhli avtomobil kuchli portlashlar, raketa hujumlari hamda turli xavf-xatarlarga qarshi himoya tizimlari bilan jihozlangan. Avtomobilning zirhli eshiklari taxminan 20 santimetr qalinlikda bo‘lib, samolyot eshiklari darajasidagi himoyani ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Tramp bilan birga olib kelingan maxsus tualet ham alohida e’tiborni tortmoqda. AQSH xorijiy tashriflarida bunday amaliyot xavfsizlik sabablaridan kelib chiqib qo‘llaniladi. Chunki boshqa davlatlar razvedkasi, Trampning biologik namunalari orqali uning sog‘lig‘i yoki tibbiy holati haqida ma’lumot olish mumkin.
Shuningdek, Tramp Anqaraga Qatar tomonidan sovg‘a qilingan, qiymati 500 million dollarga baholanadigan ulkan Boeing samolyotida kelgan. Prezident foydalanadigan ushbu havo kemasi oddiy samolyot emas, balki zamonaviy aloqa markazi, ilg‘or mudofaa tizimlari va maxsus jihozlarga ega “uchuvchi shtab” hisoblanadi. Uning ichida prezident uchun alohida yotoqxona, mehmonlarni qabul qilish uchun lyuks xonalar, yig‘ilish zallari hamda zarurat tug‘ilganda parvoz davomida ham davlat boshqaruvini olib borish imkonini beruvchi maxsus aloqa tizimlari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATO sammiti doirasida Rossiya–Ukraina urushi bo‘yicha Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilganini ma’lum qilib, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati saqlanib qolayotganini bildirgan edi.
Live
Barchasi