AQSH harbiy suv osti kemalarining deyarli 40 foizi ta’mirda yotibdi
Olam
−
12 iyul 2023
3870AQSH harbiy suv osti kemalarining qariyb 40 foizi – 49 tadan 18 tasi kemasozlikdagi kechikishlar tufayli ta’mirlanmoqda. Bu haqda kecha, 11 iyul kuni AQSH Kongressi tadqiqot xizmati taqdim etgan statistik ma’lumotlarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich AQSH harbiy-dengiz kuchlari kutganidan deyarli ikki baravar ko‘p.
"Joriy yil holatiga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining 49 ta hujum suv osti kemasidan 18 tasi – 37 foizi ishlamayapti. Bu AQSHni Xitoyning son jihatidan ustun floti bilan solishtirganda katta noqulay ahvolga solib qo‘yadi", deyiladi xabarda.
Kongressning dengiz tahlilchisi Ronald O’Rurkning so‘zlariga ko‘ra, texnik xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlar xizmatdagi yadroviy suv osti kemalari sonini sezilarli darajada qisqartirgan.
O‘z navbatida, AQSH harbiy-dengiz kuchlari dengiz tizimlari qo‘mondonligi rejalashtirish, materiallar mavjudligi va kemasozlik zavodining ishini havola qilgan. Shuningdek, qo‘mondonlik texnik xizmat ko‘rsatish kechikishi bilan bog‘liq omillarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslarni boshlagani xabar qilingan.
“E’lon qilingan statistik ma’lumotlar kemasozlik zavodlarining eski jihozlari va samarasiz rejalashtirish bilan flotni saqlab qolish uchun kurashayotganini hisobga olsak, umuman ajablanarli emas”, degan Hukumat Hisob palatasi vakili Chak Yang.
LiveBarchasi