AQSH harbiy kemasi yaqinida Eronning dronini payqab qoldi

Olam

image
Husiylar Isroil kemasiga yordamga kelgan AQSH esminetsiga hujum qildi north_east

Husiylar Isroil kemasiga yordamga kelgan AQSH esminetsiga hujum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Fors ko‘rfazidagi samolyot tashuvchi kemasi yaqinida Eronga tegishli dronni payqab qoldi. Bu haqda kecha, 28 noyabr kuni amerikalik amaldorga tayanib, “Fox News” xabar berdi.

Unga ko‘ra, Eron droni Fors ko‘rfazidagi “Eisenhower” aviatashuvchi kemasi yaqinidan uchib o‘tgan. Rasmiyning qayd etishicha, dron ko‘plab ogohlantirishlarga e’tibor bermagan. AQSH harbiylari bu hodisani xavfli deb hisoblamoqda.

“Fars” agentligi esa Eron harbiy-dengiz kuchlari turli razvedka tizimlaridan foydalangan holda Fors ko‘rfazi suvlariga kirgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “Eisenhower” aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba berish guruhini kuzatayotgani haqida xabar bergan. Armiya qo‘mondonligi va Eronning yuqori martabali mulozimlarining bayonotlarida aytilishicha, “Eisenhower” aviatashuvchi guruhining mavjudligi mintaqadagi keskinlik va noaniqlikni keltirib chiqarmoqda, mintaqa mamlakatlari esa xavfsizlikni chet el aralashuvisiz ta’minlay oladi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi munosabati bilan Dwight Eisenhower va Jerald Ford aviatashuvchi kemalari boshchiligidagi aviatashuvchi zarba guruhlarini O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga jo‘natishini e’lon qilgandi. 26 noyabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) “Eisenhower” aviatashuvchi guruhi Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishni yakunlab, Fors ko‘rfazi suvlariga kirganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, guruh asosiy xalqaro suv yo‘llarida navigatsiya erkinligini ta’minlash uchun hududni patrul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Fors ko'rfazi USS Eisenhower

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing