Husiylar Isroil kemasiga yordamga kelgan AQSH esminetsiga hujum qildi

Olam

image

Yamandan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining USS Mason esminetsi tomon ikki ballistik raketa uchirildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

“27 noyabr kuni Yamanning husiylar nazoratidagi hududlaridan USS Mason (DDG 87) harbiy kemasi va USS Central Park teploxodining umumiy joylashuvi tomon ikkita ballistik raketa uchirildi”, deyiladi CENTCOM xabarida.

Ta’kidlanishicha, raketalar Adan ko‘rfaziga, kemalardan o‘n dengiz mili (18,5 km) uzoqlikka tushgan. Bu AQSHning USS Mason kemasi Isroil tankerining favqulodda chaqiruviga javob berishni tugatayotganda sodir bo‘lgan. Hujumga qaramasdan kemalarning hech biri zarar ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, Yaman qirg‘oqlarida Isroilning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Central Park tankeri qo‘lga olingandi. AQSHning USS Mason esminetsi noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan Central Park kemasining favqulodda chaqiruviga javob qaytargan. Shundan so‘ng besh nafar qurollangan shaxs kemadan tushib, kichik qayiqlarida qochishga harakat qilgan. Biroq USS Mason ularni taqib qilib qo‘lga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Central Park Isroil Yaman husiylar USS Mason

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made