AQSH harbiy kemasi Xitoy dengiziga noqonuniy kirib bordi

Olam

image

Bugun, 10 aprel kuni AQSH harbiy-dengiz kuchlarining esminetsi (tezkor harbiy kema) Janubiy Xitoy dengizida joylashgan Pekin nazorati ostidagi eng muhim texnogen orollardan biri yaqinidan suzib o‘tdi. Xitoy bunday harakatni qoralab, uni noqonuniy ekanini ta’kidlasa, AQSH buni navigatsiya erkinligi missiyasi doirasida amalga oshirganini da’vo qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlar Xitoy va boshqa davlatlarning strategik suv yo‘lidagi hududiy da’volariga qarshi chiqish uchun tez-tez bunday amaliyotni qo‘llab tursada, bu safargi yurish Pekin Tayvan atrofida ko‘proq urush o‘yinlarini uyushtirgani sababli sodir bo‘ldi.

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, USS Milius harbiy kemasi Spratli orollaridagi Mischif rifidan 12 dengiz mili uzoqlikda normal operatsiyani amalga oshirgan. Mazkur rif bir vaqtlar suv toshqini ostida bo‘lgan, Xitoy esa u yerda aeroport va boshqa ob’ektlarni qurgan.

“Xalqaro huquqqa ko‘ra, Mischif rifi kabi tabiiy ravishda hosil bo‘lgan yerlarni hududiy dengizga kiritish mumkin emas. Mischif rifida qurilgan inshootlar va binolar xalqaro huquqqa muvofiq tavsifni o‘zgartirmaydi”, deyiladi AQSH bayonotida.

Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi esa AQSH kemasi Xitoy ruxsatisiz rif yaqinidagi suvlarga noqonuniy ravishda kirganini va uning kuchlari kemani kuzatganini bildirgan.  

“Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi orollar va uning atrofidagi dengiz hududi ustidan shubhasiz suverenitetga ega”, deyilgan  Xalq Ozodlik Armiyasi bayonotida.

Ma’lumot uchun, Mischif rifi Filippinning Palavan orolining g‘arbida joylashgan. Xitoy har yili trillionlab dollarlik savdo aylanmasi o‘tadigan hududning katta qismiga da’vo qiladi. Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan va Vetnam ham Janubiy Xitoy dengizining to‘liq yoki bir qismiga da’vogarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy harbiy-dengiz kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing