AQSH harbiy infratuzilmasi Markaziy Osiyoga qaytmasligi kerak — Rossiya

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqish jarayoni AQSH va NATO infratuzilmasini Markaziy Osiyo davlatlariga qaytadan joylashtirishga aylanmasligi kerak. Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov shunday fikr bildirdi.

“Bu jarayon, aytganday, AQSH va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston Islom Respublikasiga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga, ayniqsa, Markaziy Osiyoga qaytadan joylashtirishga aylanib ketishi mumkin emas va aylanmasligi kerak. Bunday signal biz tomonimizdan allaqachon turli darajalarda Vashingtonga yuborilgan, umid qilamizki u eshitiladi”, degan Kabulov.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mamlakatdagi barcha yirik etnik-siyosiy kuchlar, shu jumladan “Tolibon” harakati vakillari ishtirokida yangi koalitsion hukumat tuzishga hozirgi qiyin vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li sifatida qaramoqda.

“Xalqaro hamjamiyat tegishli ko‘makni beradi, chunki afg‘onlar hozircha muvaffaqiyatga erisha olmayapti, ammo kelajakdagi hukumat tuzilmasi konfiguratsiyasi va parametrlari to‘g‘risida yakuniy qarorni o‘zlari qabul qilishadi”, deydi Kabulov.

Kreml vakili kuzga kelib, “Tolibon”dagi jangarilar lagerlari tinchlanadi va yana muzokaralar boshlanadi. Moskva esa yaqin kelajakda “kengaytirilgan uchlik” (Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston) formatida Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundiga chaqirishi mumkin.

Faollashgan "Tolibon"

Qayd etish kerakki, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n kun ichida Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh to‘rt viloyatida hukumat kuchlari va “Tolibon” o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan.

Natijada Tahor viloyatining Chaheb, Yangi Kal’a, Darkad, Dashti Qal’a, Xojag‘or tumanlari, Qunduz viloyatining Dashti Archi, Imom Sohib va Qal’ai Zol tumanlari, shuningdek Sherxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyun holatiga Afg‘onistonning 50 dan ortiq tumanini egallagan. 

So‘nggi kunlarda toliblar bilan janglarda og‘ir zarbaga uchragan afg‘on qo‘shinlarining qo‘shni respublikalar hududiga qochib o‘tish holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya AQSh-Afg'oniston

Baholaganlar

379

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing