AQSH har kun 100 000 fuqaroni koronavirusga qarshi testdan o‘tkazishni boshladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar koronavirusga qarshi 1 million kishini testdan o‘tkazdi. Ayni vaqtda har kuni 100 ming odam tekshirilmoqda. Bu haqda AQSH sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar ma’lum qilmoqda.

“Biz har kuni 100 ming odamni testdan o‘tkazayapmiz”, dedi Azar Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu test sinovlari jarayoni ko‘lami bo‘yicha AQSH tarixida ilk bor kuzatilmoqda. Azarning aniqlik kiritishicha, Qo‘shma Shtatlar koronavirusni aniqlaydigan 20 xil testga ega.

AQSH rasmiylari epidemiyaning dastlabki bosqichlarida testlarning yetarli emasligi uchun tanqid ostiga olingan edi. Taxminan 10 kun oldin kuniga o‘tkazilgan testlar soni mingdan oshmayotgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 164 253 nafar odam chalindi. 5506 bemor shifo topgan bo‘lsa, 3512 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing