AQSH Hamdo‘stlikni “buzmoqchi” – MDH Bosh kotibi

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev AQSHning Hamdo‘stlik davlatlarini Rossiyadan “ajratish” istagi borligini aytib o‘tdi. Bu haqda TASS e’lon qilgan intervyuda xabar qilindi.

Lebedev Amerikaning MDHdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlari mavjudligi haqida fikr bildirgan.

“Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi (Entoni Blinken)ning Markaziy Osiyo mamlakatlariga qilgan so‘nggi tashriflari va bayonotlari MDHni buzish, MDHni yo‘q qilish, Hamdo‘stlik davlatlarini parchalash istagi juda katta ekanidan dalolat beradi. Bu, albatta, bizni xavotirga solmasligi mumkin emas. Bu borada Hamdo‘stlik mamlakatlarimizga qilinayotgan bosimga qarshi turish uchun o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishga harakat qilmoqda”, deydi u.

Shuningdek, bosh kotib MDH uzoq yillar davomida saqlanib qolinishini, tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ham iqtisodiyotning izchil rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh MDH Sergey Lebedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing