AQSH HAMASning Qatarda qolishini xohlamaydi – BBC

Olam

image

Qatar AQSH bosimi ostida Falastinning HAMAS harakati yetakchilarini mamlakatdan chiqib ketishini talab qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qatar HAMAS yetakchilarini garovdagi isroilliklarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish masalalarini muhokama qilmagani uchun mamlakatdan chiqarib yubormoqchi.

“Guruh rahbarlari garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha takliflarni rad etganidan so‘ng, ular boshqa amerikalik hamkorlarning poytaxtlarida kutib olinmasligi kerak”, deydi AQSH rasmiylari.

Nashrning yozishicha, HAMAS siyosiy rahbariyati va ularning oila a’zolari 2012 yildan beri Dohada istiqomat qiladi. Bu joy muzokaralar uchun qulay deb hisoblangan. Vaziyatdan xabardor manbaning ma’lum qilishicha, harakat vakillari Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“Reuters”ga ko‘ra, Qatar hukumati 10 kun oldin HAMASga o‘z siyosiy ofisini yopganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlatining harbiy rahbariyati siyosiy kelishuvga erishmoqchi ekanini tobora oydin bildirayotganiga qaramay, Livan va G‘azo sektoridagi mojarolarni davom ettirmoqchiligini bildirgandi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, oxirgi paytlarda Isroil harbiy rahbarlari mamlakat Livan va G‘azoda harbiy jihatdan qo‘lidan kelgan barcha narsaga erishgani va siyosatchilar uchun kelishuvga erishish vaqti kelgani haqida aniq signallar yubormoqda.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Qatar HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing