AQSH ham yadroviy arsenalining jangovar tayyorligini tekshirmoqchi 

Olam

image

AQSH Nevada poligonida subkritik yadroviy sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasining (NNSA) korporativ rejasida ma’lum qilindi.

Boshqarmaga ko‘ra, Nevada shtatidagi milliy xavfsizlik ob’ektlarida subkritik sinovlar uchun diagnostika yaxshilanadi. Bu yadroviy moddalar va yangidan ishlab chiqarilgan qismlar haqida ma’lumot to‘plash hamda yadroviy portlashlarsiz zaxiralarni sertifikatlashtirish va ularning “qarish” xususiyatlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Bundan tashqari, Nevada poligonida yerosti subkritik tajribalari uchun noyob uskunalar va diagnostika mavjud.

Ma’lumot uchun, subkritik yadroviy sinovlar atamasi yadroviy portlashsiz yadroviy qurollarning jangovar holatini tekshirish sinovlarini anglatadi.

Nevadadagi yadroviy poligon 1950 yillardan beri mavjud bo‘lib, 1951 yilda u yerda “Eybl” deb nomlangan birinchi atmosferaviy yadroviy sinov o‘tkazilgan. Keyingi 11 yil davomida –  atmosferaviy sinovlar taqiqlanguncha, AQSH bu yerda taxminan yuzta yadroviy sinov o‘tkazgan.

1990 yillardan buyon ushbu ob’ektda subkritik eksperimentlar o‘tkaziladi. Bu kabi sinovlar asosiy yerosti laboratoriyasida 900 fut (taxminan 300 metr) chuqurlikda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Moskvaning shimoli-g‘arbida joylashgan hududda Yars qit’alararo ballistik raketalari bilan jihozlangan bo‘linmaning jangovar tayyorgarligini tekshirayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yadroviy arsenal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing