AQSH hali ham Afg‘oniston bilan urush holatida – “Tolibon”

Olam

image
0:00
0:00
download

“Tolibon” harakatining aytishicha, AQSH Afg‘oniston bilan siyosiy va iqtisodiy jihatdan hamon urush holatida. “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shera Muhammad Abbos Stanikzayga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda harbiy tomondan mag‘lubiyatga uchragan.

“Qo‘shma Shtatlar 2001 yili kunduzi Afg‘onistonga kirdi va yarim tunda ushbu mamlakatdan qochib ketdi”, degan u.

“Tolibon” vakili Afg‘oniston zahiralarining muzlatilishini shafqatsiz harakat va mamlakat ichki ishlariga aralashish deb baholagan. U yana Afg‘onistonga dunyo tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami yetarli emasligini, hozirgi yordam hajmi mavjud muammolarni bir foizini ham hal qilishga imkon bermayotganini ta’kidlagan.

Stanikzay qo‘shni davlatlarni savdo-sotiqni ta’minlash uchun shunday og‘ir damlarda Afg‘oniston bilan chegaralarini ochiq saqlashga chaqirdi, shuningdek, afg‘onlar uchun viza berishni osonlashtirishni so‘radi.

“Biz barcha davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni istaymiz. Biroq dunyo va, ayniqsa, AQSH Afg‘onistonda mustaqil hukumat tuzilishini istamaydi, shuning uchun ular “Tolibon” bilan murosa qilmoqchi emas”, degan harakat vakili.

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.   

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing