Eron Oliy rahbari tergov natijalari halol va oshkora e’lon qilinishini buyurdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Ali Hamaniy rasmiylarga xato oqibatida urib tushirilgan Ukraina samolyoti halokati bo‘yicha tergov natijalarini e’lon qilishni buyurdi. Bu haqda mamlakatning IRIB davlat televideniyesi xabar tarqatdi. 

“Oliy rahbarga mamlakatning havodan hujum mudofaasidagi xatolik haqida xabar berilishi bilan, u ushbu masalani o‘rganish uchun mamlakat Milliy xavfsizlik Oliy kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va voqea sabablari, tergov natijalari halol va oshkora e’lon qilinishini tasdiqladi", deyiladi IRIB xabarida.

Kiyevga uchayotgan "Ukraina halqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737-800  samolyoti 8 yanvar kuni tongda Tehron aeroportidan uchib chiqqach, bir necha daqiqadan so‘ng qulab tushdi. Samolyot bortidagi 176 kishi halok bo‘ldi. Ular Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan. 

Bugun, 11 yanvqar kuni mamlakat Qurolli kuchlari Ukraina Boeing-737 samolyotini tasodifan urib yuborganini, bunga bexosdan inson omili sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Samolyot Eron harbiy ob’ekti yaqinida uchayotganda dushman samolyoti deb qabul qilinib, urib tushirilgani aytildi. Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi va chuqur afsusdaligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Boeing-737

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing