Air Arabia O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

Olam

image

BAAning “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 9 sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi. 
  
Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214  havo kemalarida  amalga oshirishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungacha O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqi “Uzbekistan Airways” va “FlyDubai” aviakompaniyalariga berilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yil 4 sentyabrdan boshlab 5 mamlakat bilan xalqaro parvozlarni tikladi. Unga ko‘ra, Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nali bo‘yicha parvozlar haftada bir marta – juma kunlari amalga oshirilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

FlyDubai Uzbekistan Airways Air Arabia

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing