Ai-91 benzin yana qimmatladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19-23 avgustlarida o‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra, O‘zRTXB AJ birja savdolariga jami 1910,0 tonna Ai-91 avtomobil benzini quyildi. Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ birja savdolariga 1590,0 tonna, va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ 320,0 tonna Ai-91 benzinini sotuv uchun qo‘yishdi. Sotuvchi tomonidan belgilanadigan Ai-91 benzin uchun boshlang‘ich narx, uning bir tonna uchun 6216,4 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zRTXB xabar berdi.

Ai-91 benzini bo‘yicha birja savdolari dushanbadan jumagacha har kuni birja savdolari jadvaliga muvofiq o‘tkazildi. Birja savdolari davomida Ai-91 avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalari tomonidan kelib tushdi.

Haftalik birja savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXB AJda 12,2 mlrd so‘mlik 1910,0 tonna Ai-91 benzini, ya’ni uning savdoga qo‘yilgan barcha hajmi sotilgan. Ai-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxiga nisbatan 2,5 foizga o‘sib, bir tonna uchun 6370,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanmoqda.

Avvalroq, 12-16 avgust kunlari Respublika tovar xomashyo birjasida Ai-91 benzinning 1 kg uchun o‘rtacha narx 6118 so‘m bo‘lgani bir hafta davomida shu markali benzin narxi 2 foiz yoki 120 so‘mga oshgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

birja benzin Ai-91

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing