AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi
Jamiyat
−
27 Sentabr
2774O‘zbekistonda AI-80 markali benzindan foydalanishni taqiqlash muddati kechiktirildi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 24 sentyabrdagi PQ-338-sonli “Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Yanvar oyi oxirida Prezident Bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan boshlab AI-80 dan (“Yevro-2” standarti) to‘liq voz kechish masalasini hal qilishni topshirgan edi.
Shavkat Mirziyoyevning 24 sentyabrdagi “Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu muddat 2028 yilga qoldirildi.
Prezident qaroriga asosan 2030 yildan boshlab, Toshkent shahri va uning atrofidagi IESlar va issiqlik markazlarida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilandi:
- poytaxt atrofida joylashgan, ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarga filtrlar o‘rnatiladi;
- 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlarini hozirgiga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
- “Yevro–4” standartidan past yoqilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni boshlash 2028 yilga qoldiriladi;
- 2025 yildan Toshkentning 12 ta tumanida kichik monitoring stansiyalari o‘rnatiladi. Ko‘chalarda havo sifatini ko‘rsatib turuvchi monitor va tablolar 2026 yildan ishga tushiriladi;
- 2025–2030 yillarda poytaxt va uning atrofida jami 441 gektarlik “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi.
LiveBarchasi