Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Yil yakunigacha AI-80 benzinidan foydalanish cheklanadi

Jamiyat

image

2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 markali avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Atrof- asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yilning oxirigacha AI-80 yonilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash, aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish bo‘yicha topshiriq bergan. Farmon loyihasida “Yevro-4” ekologik standartidan past bo‘lgan yoqilg‘ini to‘liq taqiqlash haqida so‘z boradi. Shuningdek, joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilgan, avariya va favqulodda vaziyatlar bundan mustasno.

Bundan tashqari, farmon bilan keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Ekologik partiya, Ekologiya vazirligi takliflarini hisobga olgan holda, 2025 yil 1 maydan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanishi topshirilgan:

  • asbest va sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar ishlab chiqarish;
  • teri oshlash va parrandachilik fabrikalari;
  • yuqori samarali chang tutuvchi va gaz tozalovchi inshootlar bilan jihozlanmagan holda har qanday turdagi ko‘mirni yoqish;
  • qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar va zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan shisha ishlab chiqarish;
  • xavflilik darajasi bo‘yicha I va II toifaga kiritilgan chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilgi davlat dasturi loyihasiga O‘zbekistonda joriy yilda AI-80 markali benzin sotilishini cheklash masalasi qo‘yilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

benzin AI-80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing