Agueroning yuragi dosh bermadi. Uning faoliyati yakunlandi
Sport
−
20 noyabr 2021
8240“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda jurnalist-insayder Jerar Romero xabar berdi.
Agueroning futbolni tark etishiga La liga 12-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, aniqlangan yurakdagi muammolar sabab bo‘lgan. O‘shanda Serxio birinchi bo‘limda almashtirilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, keyingi hafta matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi va unda argentinalik futbolchi faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Aguero o‘zining Twitter sahifasida 90 kun ichida hammasi hal bo‘lishi haqida yozib qoldirgan edi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida “Manchester Siti”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan. U “ko‘k-anorranglilar” safida La liga doirasida 3 ta o‘yin o‘tkazib, “Real Madrid”ga qarshi kechgan “El klasiko”da raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
LiveBarchasi