Agueroning uzoq kutilgan debyuti bugun amalga oshishi mumkin 

Sport

image

“Barselona” futbolchisi Serxio Aguero Ispaniya La Ligasining 9-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi.

Kataloniya klubi safida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan argentinalik futbolchi bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Aguero oxirgi marta rasmiy o‘yinlarda joriy yilning 4 iyul kuni Argentina terma jamoasi safida Amerika Kubogining Ekvadorga qarshi bahsida o‘ynagan. “Barsa”ga kelgach, avgust oyida tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messi PSJga o‘tganidan so‘ng, Serxio Aguero “Barsa”da 10-raqam ostida o‘ynashni xohlamagan va 19-raqamli libosni kiyishga qaror qilgan. 

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Valensiya” o‘rtasidagi uchrashuv, bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Kataloniya Kuman Aguero

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing