Aguero jarohat sabab o‘ynay olmaydi

Jamiyat

image

Rasman “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero ertaga, 3 aprel kuni “Kardiff Siti”ga qarshi bo‘ladigan Angliya Premer-ligasi uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda klubning Twitter.com’dagi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Murabbiyning ta’kidlashicha, Serxio so‘nggi ikki kun mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan. Ammo katta ehtimol bilan shanba kungi bahsga tayyor bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, argentinalik hujumchi 30 mart kuni o‘tkazilgan “Fulxem” qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Oldinroq, Gvardiola Agueroni “Tottenxem”ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun asrashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Serxio Aguero

Baholaganlar

12

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing