“Agrobank”ga nisbatan yana ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
11 Sentabr
8540“Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 2 milliard 620 million so‘m bo‘lgan davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bankning viloyat boshqarmasida 2023 yil va 2024 yilning o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.
Jumladan, tanlov hujjatlariga mos ravishda baholamaslik, muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talablar mavjudligi alomatlari kuzatilgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, Maxsus komissiyasi tomonidan bankning Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga amal qilinmaganligi holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llanilgandi.