Agrar universitetda nimalar bo‘lyapti?
Jamiyat
−
09 fevral 2019
16353Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. talabadan pora olayotgan mahal daliliy ashyolar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Dekan o‘rinbosari universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uning yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarning imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi