Agrar universitetda mustaqil fakultet tashkil etiladi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
6424Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida yuridik shaxs sifatida mustaqil faoliyat yuritadigan Agrobiologiya fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida muassasa shaklida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.
Quyidagilar mustaqil fakultetning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
• qishloq xo‘jaligida fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini uyg‘unlashtirib zamonaviy ta’lim tizimi va pedagogik hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy qilish;
• respublika tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiya va urug‘chiligini rivojlantirish borasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov hamda oliy malakali kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
• ilg‘or xorijiy tajribalar asosida mustaqil fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarini ta’limning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish;
• o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish;
• talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
• rivojlangan xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;
• qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ikki tomonlama tan olinadigan qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlarni tashkil etish;
• professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat xususiy sheriklik shartlari asosida “Kichik innovatsion korxona”lar tashkil etish;
• fermer xo‘jaliklari rahbarlari va paxta-to‘qimachilik klasterlari mutaxassislari uchun seminar-treninglar hamda axborot-maslahat xizmatlarini tashkil etish, bakalavr, magistr, doktorantlarning amaliyoti hamda ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish;
• davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari tanlovida ishtirok etish, sohaga doir dolzarb mavzular yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
• qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalari va almashlab ekish tizimini, noan’anaviy va kam tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlarini respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
• kasallik va zararkunandalardan holi bo‘lgan (in-vitro usulida) qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘ va ko‘chatlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yuqori samara beradigan organik dehqonchilik tizimlarini tanlash, ishlab chiqarishga keng tatbiq etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab mustaqil fakultetga talabalarni qabul qilish soni o‘rnatilgan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
• Mustaqil fakultet dekani lavozimi filial direktori lavozimiga, dekan o‘rinbosarlari esa filial direktori o‘rinbosarlari lavozimlariga tenglashtiriladi.
• Mustaqil fakultetning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
• to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
• xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
• jismoniy va yuridik shaxslarning xomiylik xayriyalari;
• davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar mablag‘lari;
• xalqaro moliya institutlarining grantlari;
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15