Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar soni ortib bormoqda
Jamiyat
−
02 Sentabr 2023
5512Novosibirsk davlat texnika universitetiga hujjat topshirgan xorijlik talabalarning soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Kommersant’” nashri ma’lum qildi.
Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sergey Chernovga ko‘ra, joriy yilda o‘qishga kirish uchun universitetga chet elliklar tomonidan 3 ming, umumiy hisobda 17 mingga yaqin ariza topshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 12 ming nafarni tashkil etgandi. Ularning 2,5 mingga yaqini universitetga qabul qilindi. Ushbu talabalar hisobiga ko‘ra, ket-ket ikkinchi yil Qozog‘iston ikkinchi, O‘zbekiston esa birinchi o‘rinni band etdi.
Shunindek, butun Rossiya universitetlarida xorijiy talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu ro‘yxatida Qozog‘iston yetakchilik qiladi. Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligining ma’lum qilishicha, joriy yilning iyul oyi hisobiga ko‘ra, Qozog‘istonning 61 ming fuqarosi Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning xorijiy filiallarida bakalavriat, mutaxassislik va magistratura yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Ikkinchi o‘rinni esa 48,7 ming talaba bilan O‘zbekiston band etgan. Keyingi uch o‘rinni Xitoy (32,6 ming), Turkmaniston (30,6 ming) va Tojikiston (23,1 ming) egallaydi.
Ma’lumot uchun, so‘ngi 7 oyda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni egallagan. Unga ko‘ra, Federatsiyadan umumiy hisobda 137,2 ming nafar turist tashrif buyurgan. Ikkinchi o‘rindan joy olgan Qozog‘istondan esa bor-yo‘g‘i 33,6 ming nafar odam kelgan.
LiveBarchasi