Agar Mourino qaytsa, sardor ketadi

Sport

image

Agar portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Real” qaytadigan bo‘lsa, jamoa sardori Serxio Ramos Madridni tark etadi.

AS nashri bunga sabab qilib, ispaniyalik futbolchining Mourino 2010 – 13 yilgi mavsumda “Real”da ishlagan paytda mutaxassis bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Ramos va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida bo‘layotgan mojorolar ham futbolchining ketish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayonni Italiyaning “Yuventus” klubi diqqat bilan kuzatmoqda. Avvalroq, himoyachiga “Milan” ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Real Serxio Ramos Joze Mourin'o

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing