Agar Messi PSJga kelsa, Di Mariya unga barbekyu pishirib beradi  

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya hamyurti Lionel Messi bilan bir klubda o‘ynashni orzu qilishini aytdi. Bu haqda Argentinaning “TyC Sports” telekanali xabar bermoqda.

“Messi bilan bir jamoada o‘ynashni doim orzu qilardim. Argentina milliy jamoasidagi o‘yinlar yetarli emas. Doim u bilan o‘ynashni, uni har safar ko‘rishni orzu qilaman”, deydi Di Mariya. 

Shuningdek, futbolchi Messi bilan birga “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynashga bir paytlar imkon paydo bo‘lganini esladi. 

“Dastlab, “Barselona”ga o‘tish imkoniyati bor edi, ammo yakunda o‘xshamadi. Menimcha, hali ham umid bor, ammo mening faoliyatim PSJda tugaydi. Nima bo‘lishini bilmayman. Leo bilan bir klubda o‘ynasam, baxtli bo‘lardim”, deydi Anxel. 

Undan tashqari, Di Mariya unda Ronaldu, Neymar va Mbappe bilan bir klub safida o‘ynash imkoniyati bo‘lgani, endi Messi bilan o‘ynasa, faoliyatini xotirjamlik bilan yakunlashini aytdi. 

“Rafiqam menga agar Leo PSJga kelsa, biz ham Parijda qolishimiz va men unga barbekyu pishirib berishimni aytdi. Bu amalga oshsa, haqiqatan ajoyib bo‘lardi. PSJ bilan yangi shartnoma imzolashga kelsak, hozircha yangilik yo‘q. Bor e’tiborimni ushbu mavsumda nimalarga erishishimiz mumkinligiga qaratganman. Yangi murabbiylar shtabi keldi. 25 yoshimdagidek hayajonlanmayapman”, deydi Di Mariya.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi. Messining “Barselona” bilan shartnomasi ham joriy yilning yozigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Di Mariya

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing