“Xitoycha test”: “Time” Si Szinpinga niqob taqdi
Olam
−
07 fevral 2020
7534Dunyoga mashhur “Time” jurnali o‘zining navbatdagi sonini Xitoyda paydo bo‘lib, dunyoning 26 davlatiga tarqalishga ulgurgan yangi 2019-nCoV koronavirusiga bag‘ishladi.
Jurnalning navbatdagi soni muqovasini Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning tibbiyot niqobi taqqan surati bezadi.
“Time” bu holatga bergan izohida illyustratsiya Edel Rodrigezga tegishli ekani va unda: “Xitoycha test”, deb yozilganini aytgan.
Shu tariqa, nashr e’tiborni Xitoyda tarqalgan virusli pnevmoniyaga qaratishni istagan. Navbatdagi sonda Charli Kempbellaning “Koronavirus epidemiyasi Si Szinpinning “Xitoy asri” to‘g‘risidagi orzusini barbod qilishi mumkin” degan maqolasiga asosiy o‘rin ajratilgan.
TIME’s new cover: The coronavirus outbreak could derail Xi Jinping’s dreams of a Chinese century https://t.co/f7CaZ74iv4 pic.twitter.com/sd7UOSyL8Q
— TIME (@TIME) February 6, 2020
Ushbu son 17 fevral kuni dunyo yuzini ko‘radi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
Virusdan halok bo‘lganlar soni 638 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 31 481 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi