Agar Alonso “Real”ga murabbiy bo‘lsa, “Bayer” yetakchisini Madridga olib keladi
Sport
−
30 aprel 3827 1 daqiqa
Bayer klubi ustozi Xabi Alonso “Real” ustoziga aylanadigan bo‘lsa, Leverzkuzendan Florian Virsni Madridga olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xabi Alonsoning yangi ish joyidagi ilk transfer maqsadi aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra, Alonso “Real” murabbiyiga aylangan taqdirda “Bayer” futbolchisi Florian Virs va “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Qayd etilishicha, madridliklar rahbariyati ham ushbu ikki futbolchini anchadan beri kuzatib bormoqda va Subimendi uchun “Arsenal” va Virs uchun “Bavariya” bilan raqobat qilishga ham tayyor. “Real Sosedad” Subimendi uchun 60 million yevro, “Bayer” Virs uchun 100 million yevrodan kam bo‘lmagan pul talab qilmoqda.
Shuningdek, klubning short-listida “Bayer”dan yana bir himoyachi Jonatan Ta va “Bornmut”dan Din Xeysen ham bor.