Agar AQSH hujum qilsa, “Tolibon” Eronga yordam berishga tayyor – Zabixulloh Mujohid

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabixulloh Mujohid agar AQSH Eronga qarshi hujum boshlasa, Afg‘oniston aholisi Eron xalqiga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.  Bu haqda u joriy yilning 15 fevral kuni Eron radiosining Pushtun xizmatiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Tolibon” vakili ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuvni xohlamasligini bildirgan va imkoniyatlari doirasida hamkorlik va birdamlik ko‘rsatishini ta’kidlagan. Shuningdek, Mujohid Eronning Isroil bilan yaqinda bo‘lgan nizodagi g‘alabasini olqishlab, Tehron 12 kunlik urushda g‘alaba qozonganini va yana ustun bo‘lishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, u Eron “bunday qobiliyatga ega, haqli va o‘zini himoya qilish huquqiga ega” ekanini ham alohida qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan qilgan muloqotida AQSH uchun Eronda hokimiyat almashuvi voqealar rivojining eng yaxshi varianti bo‘lishini aytgan edi.

Shuningdek, AQSH harbiylari Donald Tramp Eronga zarba berish haqida buyruq chiqargan taqdirda, bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingan edi. Ikki amerikalik rasmiy ehtimoliy harbiy missiya avvalgi cheklangan zarbalardan ancha jiddiyroq tus olishi mumkinligini ta’kidlagan.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron “Tolibon” Zabixulloh Mujohid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing