Afsonaviy “Spartak” 100 yoshda. Putin klubga tabrik yo‘lladi

Sport

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvaning “Spartak” futbol klubini 100 yillik yubileyi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar berdi.

Prezident Putin “Spartak” jamoasining qo‘lga kiritgan yutuqlarini umumiy g‘urur va milliy boylik deya atagan.

“Jamoani va ko‘plab muxlislarni muhim sana – “Spartak” futbol klubining 100 yilligi bilan tabriklayman. Rossiyaning eng mashhur va eng sovrindor klublaridan birining tarixi futbolning rivojlanishi va uning ommaviyligining o‘sishi va mamlakatimizda jismoniy tarbiya harakatining shakllanishi bilan mustahkam bog‘liq. “Spartak” tarixida ko‘plab yorqin g‘alabalar va rekordlar mavjud. Bu yuksak yutuqlar umumiy g‘ururimiz, milliy boyligimizdir”, degan davlat rahbari.

Prezident Putinning qo‘shimcha qilishicha, “Spartak” muxlislarining hozirgi avlodi klubning g‘alabalariga poydevor bo‘lgan afsonalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi nihoyatda muhim. 

Shuningdek, Prezident “Spartak” jamoasiga har qanday vaziyatda omad tilashini ham aytgan.

“Spartak” ishqibozlarining bugungi avlodi o‘z ona klubining ajoyib an’analariga asos solgan, “Spartak”ning sport maydonidagi nufuzini mustahkamlagan, mashhur murabbiylar, futbolchilar, tashkilotchilarga katta hurmat bilan qarashi nihoyatda muhim. 

Ularning hayot yo‘li, kasbiy mahorati va tanlagan ishiga sadoqati yangi futbol yulduzlarini yetishtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib, xizmat qilgan. “Spartak” afsonalarining irodasi unutilmas g‘alabalar ramzidir. Har qanday vaziyatda, “Spartak”ga chin qalbimdan eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, degan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin

Eslatib o‘tamiz, Moskvaning “Spartak” klubi 25 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan va 2021/2022 yilgi mavsumda Rossiya Premer-ligasida o‘ninchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yinda “Spartak” futbol bo‘yicha Rossiya kubogi chorak finalida SSKA (Armiya markaziy sport klubi) bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 20 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Spartak 100 yoshda

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing