Afsonaviy Shumaxer uzoq umr ko‘rmasligi mumkin 

Sport

image

“Formula-1”ning sobiq poygachisi Mixael Shumaxer zamonaviy tibbiyotdagi yangi imkoniyatlarga qaramay, uzoq muddat hayot kechira olmaydi. Bu haqda uning ukasi Ralf Shumaxer “Bild” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer 2013 yilda miyasidan jiddiy jarohati olgandi. O‘shandan beri uning oilasi poygachining sog‘lig‘i haqida deyarli xabar bermay keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shumaxerning haftalik parvarishi uchun 115 ming funt sterling  (146 ming AQSH dollari) sarflanmoqda.

“Baxtsiz hodisa men uchun juda yomon va og‘ir hayot tajribasi bo‘ldi. Afsuski, hayotda hammasi siz kutgandek bo‘lavermaydi. Mixael juda omadli inson edi, ammo baribir fojiali voqea sodir bo‘ldi. Yaxshiyamki, tibbiyotdagi yangi imkoniyatlar uning sog‘ligini sal bo‘lsa ham yaxshilash imkonini beradi, biroq endi hech narsa avvalgidek emas”, deydi Ralf Shumaxer.

2013 yilning 29 dekabrida Mixael Shumaxer Fransiyaning Meribel shahrida chang‘i uchayotganda yiqildi va oqibatda miyasining ikkala yarim shari qattiq shikastlandi. Poygachi yillar davomida turli shaharlarda operatsiya qilindi, biroq hamon uning sog‘ligida ijobiy o‘zgarish kuzatilmayapti


Maqola muallifi

Teglar

Formula-1 Mixael' Shumaxer Ral'f Shumaxer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing