Afsonaviy Evander Xolifild Toshkentga keldi (video)

Sport

image

Amerikalik afsonaviy bokschi Evander Xolifild Toshkentga keldi. Bu haqda  O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida butunjahon boks uyushmasining (WBC) 61-Konvensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish maqsadida dunyoning bir qator ko‘zga ko‘ringan sportchilari, blogerlar, bokschilar va sobiq bokschilar O‘zbekistonga kelmoqda. 

Xususan, kecha, 11 noyabr kuni birinchi hamda superog‘ir vazn toifalarida mutlaq sobiq jahon chempioni Evander Xolifild Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. 

Aeroportda uni OAV vakillari va rasmiylar qarshi olgan. Shundan so‘ng Xolifild o‘zi uchun ajratilgan mehmonxonaga jo‘nab ketgan.

Shuningdek, yengil vazn toifasida WBC chempioni, WBA va IBF kamarlari sohibi, meksikalik taniqli bokschi Xulio Sezar Chaves Butunjahon boks konfederatsiyasining (WBC) 61-konvensiyasi munosabati bilan Toshkentga yetib kelgan.

Avstraliyalik sobiq jahon chempioni Billi Dib esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida WBC tashkilotining yillik Konvensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston tomon yo‘lga otlanganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fyuri, Mayk Tayson, Vasiliy Lomachenko, Amirxon, Konstantin Szyu va boshqa bir qator jahon boksi yulduzlari O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent WBC Evander Xolifild Konventsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing