Afsonaviy braziliyalik futbolchi 58 yoshida faoliyatini tikladi

Sport

image

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Romario hozirda o‘zi prezidentlik qilayotgan Rio-de-Janeyroning “Amerika” klubi futbolchilari qaydnomasiga kiritildi. “Amerika” Braziliya "D seriya"sida o‘yin o‘tkazadi. 

“Chempionlik uchun kurashayotganimiz yo‘q, lekin men sevimli jamoam uchun bir nechta o‘yin o‘tkazmoqchiman. Bundan tashqari, o‘g‘lim bilan bir jamoada o‘ynash orzumni amalga oshirmoqchiman”, deydi Romario.

Qayd etish joiz, Romario hozir 58 yoshda. Uning o‘g‘li Romarino esa 30 yoshda.

Romario 1994 yilda Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan. U Niderlandiyaning PSV, Ispaniyaning “Barselona” va “Valensiya” klublarida, shuningdek, Braziliyaning ko‘plab klublarida, jumladan, “Vasko da Gama”, “Flamengo” va “Fluminense” kabi klublarida to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Romario

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing