Afroamerikalikning o‘limi munosabati bilan namoyishlar uyushtirildi. 100 ga yaqin odam hibsga olindi 

Olam

image

AQSHda Minnesota aholisi ketma-ket oltinchi kuni afroamerikalik Daunt Rayt politsiya tomonidan o‘ldirilgani uchun namoyishlarga chiqdi. Natijada 100 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda KARE telekanali xabar berdi.  

Qayd etilishicha, kecha, 16 aprel kuni kechqurun Bruklin-Senter shahri politsiya bo‘limiga 500 ga yaqin odam kelgan. 

Shahar hokimiyati 17 aprelga o‘tar kechasi yana komendantlik soati o‘rnatgan. 

Namoyishchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tarqalish haqidagi chaqiriqlariga quloq solishni istamagan, ular politsiya xodimlariga turli xil narsalarni uloqtirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, afroamerikalik Daunt Raytni otib tashlagan sobiq politsiyachi Kim Potter 100 ming dollar garov puli evaziga hibsdan ozod qilingan. 

Avvalroq, 11 aprel kuni AQSHning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirgani, shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlangani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

politsiya afroamerikalik

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing