Afroamerikalikning o‘limidan so‘ng shahar boshqaruvchisi ishdan bo‘shatildi
Olam
−
13 aprel 2021 4145 1 daqiqa
Amerikaning Minnesota shtatidagi Bruklin Senter shahri rasmiylari politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan afroamerikalik Daunt Raytning o‘limidan so‘ng shahar boshqaruvchisini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Tegishli bayonot shahar meri Mayk Elliott tomonidan Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan.
Bayonotda shahar boshqaruvchisi Kurt Bogani vazifasidan ozod qilingani ta’kidlangan.
Elliottga ko‘ra, Boganining o‘rnini uning o‘rinbosari egallaydi.
U ushbu qaror darhol kuchga kirishini ma’lum qilgan.
Avvalroq, 11 aprel kuni AQSHning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirgani, shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlangani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan o‘ldirilgan. Internetda politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025