“Tungi kapalak”lar bilan IIB xodimlaridan qochgan haydovchi kimligi aniqlandi
Jamiyat
−
25 mart 2020
20980Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oq rangi Nexia haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay “tungi kapalak” qizlarni olib, qochib ketgani haqida videoxabar tarqatildi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha videotasvirlar joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olinganligi aniqlandi.
Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli Nexia rusumli avtomobil egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi.
Tez orada ushbu holat bo‘yicha videolavha orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
LiveBarchasi