Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari 12 sentyabr kuni boshlanadi – Qatar

Olam

image

Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari joryiy yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada boshlanadi. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

“Qatar afg‘on tinchlik muzokaralari joriy yilning 12 sentyabr kuni Dohada boshlanishini ma’lum qilishdan bahoyatda xursand”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralarni boshlash uchun 5 ming nafar tolib ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Joriy yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi.

Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

Kelishuvga ko‘ra, afg‘onlararo maslahatlashuvlar 10 martda boshlanishi kerak edi. Ishonchni mustahkamlash choralari doirasida afg‘onlararo muzokaralar boshlangunga qadar 5000 ga yaqin toliblar va radikallar tomonidan ushlab turilgan 1000 ga yaqin odam ozod qilinishi shart edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing