Afg‘onistonning sobiq prezidenti 2 davlat vakili bilan uchrashdi

Olam

image

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Homid Karzayning jamoat joylariga chiqishi taqiqlangani haqidagi xabarlarga qaramay, u 2 nafar xorijiy diplomatni qabul qilgan. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

Karzay so‘nggi 2 kun ichida 2 nafar xorijiy diplomat – Yaponiya elchisi Takashi Okada va Pokistonning siyosiy masalalar bo‘yicha vakili Ubayd ar-Rahmon Nizomaniy bilan uchrashgan. E’tiborlisi shundaki, sobiq prezident bilan uchrashgan ushbu siyosatchilarning ikkalasi ham avvalroq “Tolibon” vazirlari bilan uchrashgan va ba’zi siyosiy masalalarni muhokama qilgan edi.

Muzokaralar mazmuni har doimgidek to‘liq ochiqlanmasdan, mavhumligicha qolgan. Homid Karzayning matbuot xizmatidagi insayderlarga ko‘ra, uchrashuv davomida Yaponiya vakilining Afg‘onistondagi ayollarning maqomiga to‘xtalib o‘tgani hamda bolalar uchun rasmiy Tokioning UNICEF’ga 33 ming bolaga mo‘ljallangan 165 ta boshlang‘ich maktab qurilishi uchun 25 million dollar ajratgani haqida so‘z borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Homid Karzay Yevropa Ittifoqining Afg‘onistondagi vakili bilan mamlakatdagi ta’lim, xususan, ayollar va qizlar uchun muhim muammoni muhokama qilish uchun uchrashganida mamlakatda ta’limni rivojlantirishni, xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan katta tanqidga uchragan qaror, ayollarga qo‘yilgan cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashni so‘ragan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing