Afg‘onistonliklar muhim temiryo‘l liniyasiga xizmat ko‘rsatishni yana O‘zbekistonga ishonib topshirdi

Olam

image
Transafg‘on temiryo‘li qurilishi tez orada boshlanadi – Laziz Qudratov  north_east

Transafg‘on temiryo‘li qurilishi tez orada boshlanadi – Laziz Qudratov 

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining jamoat ishlari vazirligi “Hayraton – Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasini ishlatish va saqlashni davom ettiradigan O‘zbekistonning “So‘g‘diyona Trans” kompaniyasi bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi. Bu haqda “Pajhwok.com”  nashri boshqarma matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Afg‘oniston vazirligi xodimlarining aniqlik kiritishicha, yangi kelishuv boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mavlaviy Muhammad Ishoq Sixibzodaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tuzilgan. Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi bo‘lgan “So‘g‘diyona Trans” 2025 va 2026 yillar davomida temiryo‘l tarmog‘i holatini nazorat qiladi. Biroq joriy yilning yanvar oyida mamlakatlar ushbu liniya operatori sifatida O‘zbekiston kompaniyasini tark etishga qaror qilgan edi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat kompaniyasi ham qo‘shni davlat vakillari bilan Hayraton uchastkasida ta’mirlash ishlarini uzaytirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shu bilan birga, aynan shu korxona “Mozori-Sharif – Hirot” yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘li qurish huquqini qo‘lga kiritishi ehtimoli katta.

Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlarini Pokistonning dengiz portlari bilan bog‘laydigan Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini alohida muhokama qilgan. Bu boradagi muzokaralarda ham muvaffaqiyatga erishilgan: O‘zbekiston loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, jumladan, tegishli tadbirlarni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, “Hayraton – Mozori-Sharif” temiryo‘lining umumiy uzunligi 75 kilometrni tashkil qiladi. U 2010 yilda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan. Qurilishga Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 129 million dollar mablag‘ sarflangan. Mazkur liniya O‘zbekistonda qo‘llaniladigan texnik standartlar va talablarga muvofiq signalizatsiya, telekommunikatsiya va elektr ta’minoti qurilmalari bilan jihozlangan.

Bu liniyaning ahamiyati shundaki, u Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarining eng rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlarida temiryo‘l transportini tashkil etish imkonini beradi, shuningdek, Afg‘oniston va mintaqaning boshqa davlatlari o‘rtasidagi transport xarajatlarini kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning avgust oyida “Hayraton – Naibobod – Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining qayta tiklangan Naibobod temiryo‘l stansiyasi ochilgan edi. Tiklash ishlari kompaniya tomonidan Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli va “So‘g‘diyona Trans” shu’ba korxonasi bilan hamkorlikda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Hayraton – Mozori-Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing