Afg‘onistonlik murabbiy CAFA turnirida shogirdlarini maydondan olib chiqib ketdi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent va Bishkek shaharlarida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan tashkil etilgan “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasi bahslari o‘tkazilmoqda. Turnirning ilk o‘yinlari ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda. 

Gap shundaki, Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston-Afg‘oniston uchrashuvida mezbonlar tomonidan kiritilgan yagona gol afg‘onlar noroziligiga sabab bo‘lib, murabbiy shogirdlarini maydondan olib chiqib ketgan.

Mazkur bahsning asosiy vaqti davomida hisob ochilmadi va uchrashuv bosh hakami tomonidan qo‘shib berilgan 7 daqiqaning 90+5 qismida Qirg‘iziston tomoni raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu gol ko‘plab bahslarni keltirib chiqardi. 

Murabbiyning fikricha, qirg‘izistonlik futbolchi gol kiritayotgan vaqtda to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan. Hakam esa bu vaziyatda mahalliy jamoaga yon bosib hisobni ochgan. 

Ma’lumot uchun, futbol qoidalariga ko‘ra, uchrashuv o‘z yakuniga yetmasdan o‘yinni davom ettirishdan bosh tortib, maydonni tark etgan jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilishi kerak. Biroq yuqoridagi holatda Avg‘oniston terma jamoasi 0:3 emas 0:1 hisobda mag‘lub bo‘lgani qayd etilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol CAFA turniri CAFA Nation’s Cup 2023

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing