Afg‘onistondan terrorizmning tarqalish ehtimoli oshdi – KXSHT 

Olam

image

Hozirda Afg‘onistondan terrorizm va jinoiy giyohvand moddalar savdosining yanada tarqalishi ehtimoli nafaqat kamaymadi, balki yangi shakllarga ham ega bo‘ldi. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasidagi beqarorlikning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakatda barchaga ma’lum bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, terrorizm, radikal g‘oya va jinoiy giyohvand moddalar savdosining tarqalish ehtimoli nafaqat kamaymayapti, balki yangi shakllar kasb etmoqda”, deydi u.

Tasmagambetovning ta’kidlashicha, KXSHT “bu mintaqaning tabiiy resurslari, birinchi navbatda, davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan suv uchun raqobat belgilari” bilan bog‘liq qo‘shimcha muammolarni qayd etadi.

“Muammoning jiddiyligiga qaramay, biz ushbu mas’uliyat sohasida nazoratni saqlab qolamiz. Tashkilot vaziyatning mumkin bo‘lgan rivojlanishini kuzatish va prognoz qilishga alohida e’tibor qaratadi”, deydi KXSHT Bosh kotibi.

Shuningdek, u KXSHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi huzurida Afg‘oniston bo‘yicha ishchi guruh muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, unda BMT, MDH, SHHTning tegishli idoralari, Afg‘oniston elchixonasi va manfaatdor uchinchi davlatlar vakillari ishtirok etayotganini eslatdi.

“Shu munosabat bilan biz BMT tuzilmalari, shuningdek, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakillari bilan muntazam aloqalar o‘rnatish foydali ekanini qayd etamiz. O‘zaro fikr almashish mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi mumkin bo‘lgan umumiy baholar va aniq profilaktika choralari nuqtai nazaridan yaqinligini ko‘rsatadi”, deydi Tasmagambetov.

Uning ta’kidlashicha, KXSHT ham keskinlikni pasaytirish va afg‘on-tojik chegarasini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BMT terrorizm KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made