Afg‘onistondagi samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgani aytildi
Olam
−
26 yanvar
15860Afg‘onistondagi aviahalokatdan omon qolganlardan biri, uchuvchi Dmitriy Belyakov samolyot halokatiga yoqilg‘i bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Yoqilg‘ida muammo bor edi”, deydi u jurnalistlarga.
Belyakovning so‘zlariga ko‘ra, halokatdan so‘nggi daqiqalargacha uchuvchilar samolyotni favqulodda qo‘ndirish choralarini ko‘rgan.
Bugun, 26 yanvar kuni Afg‘onistondagi samolyot halokatidan omon qolgan to‘rt kishi Moskvaga yetib bordi. Ular orasida ikki uchuvchi va ikki shifokor ham bor. Samolyot ertalab Moskva Vnukovo aeroportiga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni Hindistondan Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, Xitoy, Tojikiston va Pokiston chegarasida halokatga uchragandi. Ma’lum qilinishicha, samolyot yoqilg‘i to‘ldirish uchun Toshkentga to‘xtab o‘tishi kerak bo‘lgan.
LiveBarchasi