Afg‘onistonda siyosatchining avtomobili portlatildi. Qurbonlar bor
Olam
−
21 dekabr 2020
4754Kecha, 20 dekabr yakshanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida bo‘lgan portlash qurbonlari soni 10 kishiga yetdi, yana 52 kishi jarohat olgan. Bu haqda “TOLOnews” telekanali ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, kecha, 20 dekabr yakshanba kuni Qobuldagi maydonlardan birida kuchli portlash yuz bergan. Taxminlarga ko‘ra, hujum maqsadi parlament a’zolaridan biriga tegishli bo‘lgan mashinani portlatish edi. Siyosatchi tirik qolgan, ammo ma’lum jarohat ham olgan.
Avvalroq, portlash oqibatid 8 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Bugun ularning soni 10 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
Mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning hech biri hali sodir bo‘lgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston sharqidagi G‘azna viloyatida xatmi Qur’on vaqtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 nafardan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi