Afg‘onistondagi portlash qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

Olam

image

Avvalroq, Afg‘onistonning Qobul shahridagi talabalar shaharchasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yaqinlashgan. 15 kishi yaralangan. 

Xabar qilinishicha, bir nechta qurollangan odamlar binoga kirib, universitetni o‘qqa tutishni boshlagan. Maxsus kuchlar binoga yetib kelib, maxsus operatsiyani boshlashgan. Yuzlab odamlar binodan olib chiqilgan. Binoda portlash sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan.

Tolo News xabariga ko‘ra, universitetga hujum Eron va Afg‘oniston vakillari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi ochilgan paytda sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi radikal harakatlar vakillari hujumga aloqadorliklarini rad etishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul

Baholaganlar

79

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing