Afg‘onistondagi ibodatxonaga hujum qurbonlari 25 nafarga yetdi
Olam
−
26 mart 2020
6670Avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi sikxlar ibodatxonasida bomba portlatilgani haqida xabar bergan edik.
Kobuldagi sikxlar ibodatxonasiga jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi. Portlashda sakkiz kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda “Tolo News” telekanali.
Kamida 80 nafar fuqaro qutqarilgan, ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bo‘lgan, deyilgan Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi bayonotida.
Voqea joyida politsiya xodimlari nazorat o‘rnatgan. Hujum uyushtirganlarning barchasi yo‘q qilingan.
Mamlakatning 1TV News telekanali uyushtirilgan hujumga javobgarlikni ISHID terrorchilik tashkiloti (O‘zbekistonda ta’qiqlangan) o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi