Afg‘onistonda jangarilar ibodatxonaga hujum qildi
Olam
−
25 mart 2020
8974Jangarilar bugun, 25 mart kuni Afg‘oniston poytaxtidagi sikxlar ibodatxonasiga hujum qildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujumni uyushtirganlar portlovchi uskunadan foydalangan. Qurbonlar borligi taxmin qilinmoqda.
Afg‘oniston parlamentidagi sikxlar vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujum vaqtida ibodatxona ichida 150 nafargacha kishi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch-to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Ayni payt hududda politsiyaning maxsus operatsiyasi olib borilmoqda, portlash joyiga tez yordam xizmati yetib kelgan.
LiveBarchasi