Afg‘onistonda vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmayotgani aytildi
Olam
−
29 yanvar 2020
6768AQSH so‘nggi yillar ichida Afg‘onistonga yordam tariqasida deyarli 137 milliard dollar sarflagan. Bu haqda Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha bosh inspektor Jon Sopko ma’lum qilmoqda.
“2019 yilning 31 dekabrdagi holatiga ko‘ra, raqamlar 136, 97 milliard dollarni tashkil etmoqda” deb ma’lum qilgan u Vakillar palatasida chiqish qilar ekan.
Sopko Afg‘onistondagi umumiy holat haqida gapirar ekan, AQSH yordamiga qaramay, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmayotganini aytdi. Mamlakat iqtisodi yemirilgan, qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda, giyohvand moddalar sotuvi esa o‘smoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonni tiklash mustaqil ofisi 2008 yilda tashkil etilgan. Uning vazifasiga mamlakatga ajratilgan mablag‘lar sarhisobini qilish kiradi. Ushbu mablag‘larga AQSHning Afg‘onistondagi harbiy kontingentiga ajratilgan pullar kirmaydi.
Kongressmen Tomas Messining eslatishicha, AQSH Osiyo davlatiga 2015 yil 113 milliard dollar, 2017 yil 121 milliard dollar mablag‘ ajratgan.
LiveBarchasi