Afg‘onistonda o‘g‘rilarning qo‘lini kesish taklif qilindi

Olam

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” Oliy ta’lim vaziri Ned Muhammad Nadim o‘g‘rilarning qo‘llarini kesishni taklif qildi. Bu haqda “Eadaily.com” xabar berdi.

Uning fikricha, mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash uchun xadd (axloq va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar uchun shariat qozisi qo‘yadigan jazolar) toifasidagi jazolarni qo‘llash zarur. Vazir bu kelajakda ularni jinoiy fikrlardan voz kechishga majburlovchi profilaktik ta’sir ko‘rsatishini bildirgan.

Shuningdek, u har qanday davlatning barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan millatlararo nizolarga, mansabidan qat’i nazar, hokimiyatni suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan. Biroq 2 yil davomida xadd toifasidan birorta ham hukm bajarilmagan.

“Hukm chiqariladi, lekin amir tomonidan tasdiqlanmaydi”, deydi Ned Muhammad Nadim.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning G‘o‘r viloyatida “Tolibon” vakillari jamoat oldida bir erkak va ayolni qamchilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon o'g'rilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made