Afg‘onistonda sodir bo‘lgan qurolli hujumda 8 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatida qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya bayonotiga tayanib, “1TV News” telekanali xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, hujum 12 iyun kuni kechqurun Alisher okrugida bo‘lib o‘tgan. Sakkiz kishi, jumladan “Hizb-e-Islomiy” (Afg‘onistondagi islomiy partiya) a’zosi halok bo‘lgan.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha mamlakatda faoliyat yuritayotgan biron bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Kecha, 12 iyun kuni Kobul g‘arbiy qismidagi Sher Shoh Suriy masjidida bomba portlatilishi oqibatida to‘rt kishi, shu jumladan, imom ham halok bo‘lgan edi.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan ilgari mamlakatning qishloq joylarida muhim hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda ISHID terrorchilik guruhining ta’siri kuchaygan. Afg‘oniston milliy mudofaasi va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab qo‘shma aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing