Afg‘onistonda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
09 mart 2023 9608 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy xavfsizlik xizmati vakiliga tayanib, “Tolo News” telekanali xabar berdi.
“Al Arabiya” telekanali portlash oqibatida ikki kishi, jumladan, Balx gubernatori Muhammad Dovud halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, portlash mahalliy ma’muriyat idorasida yig‘ilish vaqtida sodir bo‘lgan. Boshqa qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Mahalliy manbalarning aytishicha, portlash ovozlari Balx viloyati markazi Mozori Sharifda eshitilgan. Portlashni xudkush terrorchi amalga oshirgan.
Hozircha hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Rasmiylar portlashning mohiyati va ehtimoliy qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni hali tasdiqlaganicha yo‘q.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28