Afg‘onistonda portlash: uch nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston sharqidagi Parvon viloyatida sodir bo‘lgan portlashda uch nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya bo‘limi vakili Vasi Rahimi ma’lum qilgan.  

Portlovchi moslama yo‘l chetiga o‘rnatilgan va politsiya mashinasi o‘tib ketganda portlatilgan. 

Afg‘onistonda mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga qaramay, vaziyat keskinligicha qolmoqda. Afg‘oniston hukumati hujumlarda "Tolibon"ni ayblamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston g‘arbiy qismidagi Hirot viloyatida bomba yuklangan mashinaning portlashi oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘lgandi. O‘shanda ham “Tolibon” politsiya bo‘limiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing